Shahzoda Matchonova: “Inson boshqa insonning mehridan baxtga to`ladi”

12:59, 10 avgust

8 avgust kuni aktrisa Shahzoda Matchonova tug`ilgan kunini nishonladi. Shu munosabat bilan aktrisaga Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali ko`plab tabriklar yo`llandi. Shahzoda tabrik yo`llagan barcha muxlislari, do`stlari va hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi: 

“Inson boshqa insonning mehridan, shirin so`zidan, e`tiboridan baxtga to`ladi. Hatto bu ikki inson hayotda tanish bo`lmasa ham. Men ham juda baxtliman. Kecha men umuman tanimaydigan insonlar ham meni tug`ilgna kunim bilan tabrikladi. Har bir insonga minnatdorchilik bildiraman. Hamma aytgan ezgu tilaklaringiz uch karra bo`lib o`zingizga qaytsin! Men baxtliman! Do`stlarim, hamkasblarim va kuzatuvchilarimga mehr ulashganingiz uchun rahmat, deyman. Mehr-muhabbat dunyoni qutqaradi. Bugun esa sizning mehringiz mening dunyoimni qutqaradi va meni baxtiyor etadi. Minnatdorman!”,—deb yozdi aktrisa o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!