Ulug`bek Rahmatullaevning konserti kunlari ma`lum bo`ldi

14:32, 10 avgust

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`zining navbatdagi yakkaxon konserti bannerini joylashtirdi. 

Unga ko`ra, 9-10-11-12-13 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida xonandaning “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturi bo`lib o`tadi. 

Konsertda fonogrammadan foydalaniladi. 

“Har gal siz bilan uchrashganimda menda yangi niyatlar uyg`onadi. Konsertda ko`rishguncha!”,—deydi Ulug`bek Rahmatullaev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!