Hindistonlik huquqni himoya qiluvchi ayol 16 yillik ochlikni to`xtatdi

15:25, 10 avgust

Hindistonlik huquqni himoya qiluvchi Irom Sharmila ismli ayol dunyoda eng uzoq davom etgan, 16 yillik ochlikni to`xtatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Uning ochlik e`lon qilishiga Manipur shtatidagi parlament saylovlarida ishtirok etgani sabab bo`lgan. U 2000 yilning noyabr oyida o`zi tug`ilib o`sgan Manipur shtatida hukumatning Assam Rifles harbiy bo`linmasi tomonidan 10 nafar tinch aholi o`ldirilgandan keyin ochlik e`lon qilgan.

Irom Sharmilaning aytishicha, mahalliy harbiylar inson huquqlarini himoya qilish qonun-qoidalarini muntazam ravishda buzib keladi va o`zlarining bu harakatlariga qonun oldida javob bermaydilar.

Hindistonda o`z joniga qasd qilgan odam jinoiy javobgarlikka tortiladi. Irom Sharmila ochlik e`lon qilgandan keyin umrining bir necha yilini qamoqda o`tkazishga majbur bo`ldi. Qamoqxonada ovqatlanishdan bosh tortgach, burniga o`rnatilgan naycha orqali kuniga ikki mahal majburiy ravishda ovqatlantirilgan. 

Vrachlarining ma`lumot berishicha, Sharmila hozir mustaqil ravishda ovqatlana olmaganligi sababli tibbiy muolajaga muhtojdir.

Sud uni bir necha ming rupiy garov evaziga qamoqdan ozod etgan (150 dollar), shuningdek ochlikni bas qilgani haqida tushuntirish xati yozishni talab qilgan. 

“Bundan 16 yil ilgari ochlik e`lon qilganimda, tizimni o`zgartira olishimga ishongandim. Ammo bu hech qanday natija bermasligini anglab etdim. Shuning uchun endi ochlikni bas qilib, siyosat bilan shug`ullanishni, adolat uchun kurashishni niyat qildim”, deb yozdi Irom Sharma.

Dunyo va hind OAVlari unga “Temir ayol” deb nom berishgan. Irom Sharma inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha bir qancha xalqaro mukofotlar sovrindoridir. 2013 yilda Amnesty International tashkiloti uni “Vijdon asirasi” deb atadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!