Qamchiqda Spark avtomobilining jarlikka qulashi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi

15:33, 10 avgust

“Toshkent—O`sh” avtomobil yo`lidagi Qamchiq dovonining 229 (152) kilometrida «Vodiy—Toshkent» yo`nalishida harakatlanayotgan Spark rusumli avtomashina haydovchisi 7 avgust, yakshanba kuni yo`lning bir tomonlama qatnov qismida boshqaruvni yo`qotib, beton to`siqqa urildi va yo`l chetiga – jarlikka ag`anadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Qamchiq qidiruv-qutqaruv maxsus boshqarmasining 7 kishidan iborat shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea sodir bo`lgan joyga etib bordi. Yo`l-transport xodisasi oqibatida avtomashinadagi yo`lovchilardan biri — Namangan viloyatining Pop tumanida tug`ilgan Maftuna Abdurahimova (1991 yil) voqea joyida olamdan o`tdi, haydovchi va uch nafar yo`lovchi turli darajada tan jarohati oldi. 

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi va ularning hayoti saqlab qolindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!