“Ko`ngil aynishining sababi nima?”

15:37, 10 avgust

Ovqatlangandan keyin ko`nglim aynib, qayt qilish istagi paydo bo`ladi.  Avvaliga oshqozonga botadigan biror nima tanovul qildimmikan degandim. Ahamiyat bersam, bu holat tez – tez takrorlanayapti.  Bezovtalikning sababi nima bo`lishi mumkin? 

Murod, Toshkent viloyati 

Oshqozon, jigar, o`t qopi va hazm qilish a`zolaridagi o`zgarishlar ko`ngil behuzurligini paydo qilishi mumkin. Shu bilan birga qattiq qovurilgan, yog`li, ko`p miqdorda ziravor qo`shilgan  taom va eguliklar ham yoqimsiz holatni keltirib chiqaradi. Bezovtalik boshlanganida ovqat hazm qilishiga ko`maklashuvchi preparatlarni sinab ko`ring.  Piyoda yurish, kam-kamdan tanovul qilish va taomnomani yangilashga urinib ko`ring. Shunda ham o`zgarish sezilmasa shifokorga murojaat etib, me`da va jigar ishini tekshirtiring.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!