Yigitali Mamajonovning chimildiqda o`tirgan surati muhokamalarga sabab bo`ldi(Foto)

16:02, 10 avgust

Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram’dagi sahifasida: “Urf-odatlarimiz juda ham go`zal-da!”, degan izoh bilan e`lon qilan surati turli muhokamalarga sabab bo`ldi, deb yozadi “Daryo”

Suratda Yigitali Mamajonov chimildiqda bir kelinchak bilan o`tirgani aks etgan. Bu surat qachon, qaerda, qay maqsadda olinganini aniqlash maqsadida nashr muxbiri aktyor bilan bog`landi.

“Bu surat yosh rejissyor Malika Teshaboevaning ishchi nomi ‘Begunoh’ bo`lgan filmi s’yomkasi vaqtida olingan. Filmda o`rtancha o`g`il rolini ijro qilyapman”, — dedi dedi Yigitali Mamajonov.

“Filmning yakuniy nomi hali tasdiqlanmagani uchun, bu haqda sahifamda yozmagan edim. Suratda yonimdagi qiz — filmdagi partnyorim, aktrisa Sitora Alimjonova”, — deya qo`shimcha qildi aktyor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!