Rossiyalik xonanda Sati Kazanova 55 yoshli tadbirkorga turmushga chiqmoqda

16:21, 10 avgust

Rossiya OAVlarida xonanda Sati Kazanovaning to`yi yaqinligi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi “Woman.ru” nashri. 

33 yoshli Sati shu vaqtga qadar biror marta ham turmush qurmagan. Xonandaga oshiq bo`lganlar soni ko`p bo`lsa ham, Sati ularning birontasiga turmushga chiqishga rozi bo`lmagan. Biroq 55 yoshli tadbirkor Aleksandr Shenkman Satining yuragini zabt etishga muvaffaq bo`ldi. OAVlarning ma`lumot berishicha, ular to`yga tayyorlanishmoqda. Sati shu paytgacha sevmagan odam bilan turmush qurgandan ko`ra, yolg`iz yashashni afzal ko`rgan. Juftlik to`yni bu yil o`tkazishni rejalashtirgan edi, ammo Sati yangi xayriya loyihasi ustida ish olib borayotgani tufayli to`y orqaga surilgan.

“Hozir to`y tashvishlari haqida o`ylashning vaqti emas. To`yni qay tarzda o`tkazishni batafsil muhokama etganmiz. Sati qattiqqo`l kavkaz oilasida voyaga etganini hisobga olib, to`yni an`anaviy kavkazcha tarzda o`tkazishni rejalashtirganmiz. To`y kamida uch kun Moskvada va Satining ona shahri Nalchikda o`tkaziladi”, deb ma`lumot berdi Satining dugonasi Anastasiya Shelkova  StarHit nashri muxbirlariga. Uning aytishicha, dugonasining to`yi 2017 yilning bahor yoki yoz oylarida bo`lib o`tadi. Sati to`yda ishtirok etishi ko`zda tutilgan musiqachi do`stlarini hozirdanok nikoh marosimiga taklif etgan va nikoh ko`ylagini ham tanlab qo`ygan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!