Rio–2016. O`zbekistonlik bokschi Hasanboy Do`smatov yarim finalga yo`l oldi

09:07, 11 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Hasanboy Do`smatov chorak final qozog`istonlik Birjan Jakipovga qarshi ringga ko`tarildi.

Katta ustunlikka ega bo`lgan Do`smatov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi hamda bronza medalini naqd qilib qo`ydi.

O`zbekiston vakili yarim finalda AQSh termasi a`zosi Migel Ernandesga qarshi jang o`tkazadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!