Rossiyalik xonanda Alsu uchinchi farzandini dunyoga keltirdi

10:01, 11 avgust

Rossiyalik xonanda Alsu ikki qizdan so`ng o`g`il farzandli bo`ldi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida yozib qoldirdi

“Oilamizga xush kelibsan, bizning jajji mo`jizamiz, Rafael! Sening isming oilamizda muhim ahamiyatga ega. Aminmanki, seni o`z ismingga munosib bo`lasan. Barchaga iliq so`zlar va tilaklar uchun tashakkur!”,—deb yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga. 

Ma`lumot uchun, Alsu 2006-yilda taniqli tadbirkor va bankir Yan Abramovga turmushga chiqqan. Ularning Mikella va Safina ismli qizlari bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!