Putin Ukraina hukumatini terrorchilikda aybladi

10:12, 11 avgust

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldi olingani haqidagi ma`lumotga izoh berar ekan, “Ukraina endi terrorchilik yo`liga o`tmoqda”, dedi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

“Kievda hukumatni qo`lga olgan odamlar murosaga kelish, tinchlik o`rnatish  o`rniga terrorchilik yo`liga o`tib oldi. Biz bunday ishlarga ko`z yuma olmaymiz”, dedi Vladimir Putin.

Vladimir Putin shu bilan birga Ukraina harbiylarining Qrimda qo`poruvchilik harakatlarini rejalashtirganliklarini “axmoqona va jinoiy harakat” deb baholadi. Uning fikricha, bunday jinoiy harakatni bajarishdan maqsad Ukraina xalqi mushkul vaziyatda bo`lganligi sababli ularning diqqatini chalg`itish uchun o`ylab topilgan.

Putin AQSh va Evropani “o`z mijoziga nisbatan bosim o`tkazish”ga chaqirdi. 2014 yilning fevral oyida bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi vaqtida Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G`arb mamlakatlarini Ukrainaning ichki ishlariga aralashmaslikka da`vat qilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!