Abiturientlar test sinovi natijalarini SMS orqali bilib olishlari mumkin

10:35, 11 avgust

Davlat test markazi 1 avgustda OTMlarida test sinovini topshirgan abiturientlarga yaratilgan qulaylik haqida eslatib o`tdi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar bermoqda

"Test sinovlari o`tkazilgan oliy ta`lim muassasalari abiturientlari diqqatiga! Siz 2016 yil 1 avgust kuni test sinovida to`plagan ballaringizni bilib olishingiz mumkin. Buning uchun Ucell, UzMobile, Beeline va Perfectum mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqangiz raqamini SMS shaklida jo`nating va natijalaringizni e`lon qilingandan keyin bilib oling".

5100 raqamiga jo`natilgan barcha SMS xabarlar - $0

5101 raqamidan kelgan barcha SMS xabarlar - $0,75

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!