O`zbekistonlik Aziz Shohakimov Avstriyada eng yaxshi dirijyor deb tan olindi

12:22, 11 avgust

Avstriyaning Zalsburg shahrida an`anaviy yosh dirijyorlar tanlovi o`tkazildi.

Unda hamyurtimiz Aziz Shohakimov ishtirok etib, Conbrio, Yorg Vidmanning qisqartirilgan turlarini ijro etdi. Tanlov prezidenti Plasido Domingo boshchiligidagi hakamlar Azizni g`olib deb e`lon qildi, deb yozadi MyDay nashri.

Tanlovning mukofot jamg`armasi 15 ming evroni tashkil etadi.

Endi o`zbekistonlik dirijyor o`zining laureatlik konsertini 2017 yil 5 avgust kuni Zalsburg shahrida Vena radiosi simfonik orkestri bilan birgalikda taqdim etadi.

Aziz Shohakimov 1989 yilda Toshkentda tug`ilgan. U V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabini hamda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Bunga qadar Aziz Shohakimov Maler nomidagi dirijyorlar xalqaro tanlovida g`olib bo`lgan. U hozirda Deutsche Oper am Rhein (Rayndagi nemis operasi teatri, Germaniya)da dirijyor bo`lib faoliyat ko`rsatadi. 2012 yilga qadar esa O`zbekiston Milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori bo`lib kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!