“Paxtakor-79” fojeasiga 37 yil to`ldi

14:33, 11 avgust

Bundan roppa rosa 37 yil avval – 1979 yilning 11 avgust kunida Ukrainaning Dneprodzerjinsk tumani osmonida aviahalokat ro`y bergan edi. O`sha mash`um kuni o`zbek futbolining 17 yulduzi – paxtakorchilar ko`klarda qolib ketdi.

Xotira – muqaddas. Bugun, 11 avgust kuni "Paxtakor-79" jamoasi xotirlanadi. O`z vaqtida o`zbek futboli namoyandasi bo`lgan ushbu jamoa tom ma`noda xalq jamoasi edi. Shu bois samoda sochilgan futbolchilarimiz doimo eslanadi, bu jamoa muxlislar qalbidan bir umrga joy olgan.

Mana shu munosabat bilan, ushbu sanada, Toshkentda bir necha tadbirlar o`tkazildi. Avvaliga, 09:00da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida jamlanadi. Stadion hududida joylashgan “Paxtakor-79”  yodgorligi yonida bo`lgan xotirlash marosimi yakunlangach, yig`ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko`z yumgan “Paxtakor” futbolchilari dafn qilingan Botkin qabristoniga tashrif buyurishdi.

Tadbirlarda O`zbekiston futboli faxriylari, aviaholakat oqibatida hayotdan ko`z yumgan futbolchilar bilan birga faoliyat olib borgan To`lagan Isoqov hamda Narimon Jalolov so`zga chiqib, marxum paxtakorchilarni xotirladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!