O`zbekiston termasi FIFA reytingida yana bir pog`onaga ko`tarildi

16:00, 11 avgust

Xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi (FIFA) tashkilotga a`zo davlatlarning yangi reytingi e`lon qildi. Unga ko`ra, Argentina 1585 ochko bilan hamon dunyo reytingini boshqarib bormoqda. Belgiya 1401 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya esa 1331 ochko bilan uchinchi o`rinni egalladi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi esa o`tgan oyga nisbatan bir o`ringa ko`tirildi. Ayni damda Samvel Babayan jamoasi 560 ochko bilan 55-o`rinda qayd etilgan edi.  Osiyo mamlakatlari orasida O`zbekiston terma jamoasi 4-o`rinni egallab turibdi.

Osiyoda Eron 674 ochko bilan birinchi o`rinda bo`lsa, Janubiy Koreya 609 ochko bilan ikkinchi. Yaponiya esa o`tgan oyda 564 ochko bilan O`zbekistondan keyin to`rtinchi o`rinda turgan edi. Biroq kunchiqar yurt vakillari bu safar 595 ochko jamg`arib naqd 8 pog`onaga yuqorilashgan va 49-o`ringa ko`tarilib, O`zbekiston terma jamoasidan o`zib ketishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!