Bezori delfin akvaparkka kelgan ayolning planshetini o`g`irladi. Video

16:23, 11 avgust

AQShning Florida shtati Orlando shahridagi SeaWorld okeanariumiga tashrif buyurgan ayolning qo`lidagi planshetni sho`x delfin yulib oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Ayolning yonida turgan sayyoh bu qiziq voqeani videoga olgan.

Delfin to`satdan suvdan sakrab chiqqani uchun planshet tutgan ayol sarosimaga tushib qolgan. Gadjet suvga tushib ketgan, ammo ayol zudlik bilan uni suvdan olishga muvaffaq bo`lgan. Planshetga qanchalik ziyon etgani hozircha noma`lum. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari delfin qilgan ishidan quvonchga to`lganini ta`kidlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!