Yaponiyada yozgi ta`tillar boshlanishi bilan 43 kilometrli tirbandlik yuzaga keldi

16:34, 11 avgust

Yaponiyada yozgi ta`tillarning ilk kunida bir necha o`nlab kilometrga cho`zilgan tirbandlik yuzaga keldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bu yil dam olish kunlari odatdagidan ertaroq boshlandi. Bugun, 11 avgustdan boshlab mamlakatda dam olish kuni deb e`lon qilindi. Bugun butun mamlakat aholisi “Tog`lar kuni”ni nishonlaydi. Shuning uchun ham aksariyat yaponiyaliklar dam olishni bugundan boshlab yubordi. 

Totigi prefekturasida tirbandlik 43 kilometrni tashkil etdi. Kanagava prefekturasida esa tirbandlik 33 kilometrga etdi. Mamlakatning janubiy-g`arbiy tomoniga harakatlanuvchi tezyurar poezdlar 180 foizgacha to`ldi. Bu esa poezdlardagi yo`lovchilarning aksariyat qismi manzilga etib borguniga qadar tik turib borishi kerak degani. 

Aviakompaniyalarning ma`lumot berishicha, payshanba kungi reyslarga chiptalar allaqachon sotib yuborilgan.

Ko`pchilik yaponiyaliklar bu kunda o`zining ona shahriga borib, ajdodlari qabrini ziyorat qiladi. Ayrimlar esa bu dam olish kunlarida Yaponiya bo`ylab yoki xorijiy mamlakatlarga safar uyushtiradi. 

Avgust oyining o`rtasi esa mamlakatdagi mehmonxonalar yaxshi daromad ko`radigan mavsum hisoblanadi.

Yaponiyaliklar uylariga qaytadigan seshanba-chorshanba kunlari tirbandliklar yanada cho`zilishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!