Jamila G`ofurova: “Aldangan ayol” filmida bosh rolni menga berishmagan

16:40, 11 avgust

Aktrisa Jamila G`ofurova bugungi o`zbek kinosi haqidagi fikrlari, qizining qiziqishlari, xususiy va davlat kinolarining farqi haqida “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o`tdi. 

Xususan, aktrisa “Aldangan ayol” filmida bosh rolni ijro etish istagi bo`lganini ham yashirmadi: 

—Hilol akaga “Mana shu rolni menga bering”, deb iltimos qilganman. Hech qaysi rejissyordan shu paytgacha rol so`ramaganman. Lekin mana shu ayol obrazini gavdalantirgim kelgan. Chunki unda hamma narsa mujassam edi. Dard, alam, g`am, tashvish, baxt, baxtsizlik... Istalgan aktrisa o`ynashni xohlaydigan rol edi u. Ammo, ssenariy yozilayotgan vaqtdayoq bosh qahramon rolida Rayhon Ulasenovani ko`rishgan va bu unga nasib etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!