Rio–2016. Elshod Rasulov nokautga uchradi va Olimpiada bilan xayrlashdi

08:09, 12 avgust

O`zbekistonlik tajribali bokschi Elshod Rasulov (-81 kg) Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslaridagi ilk uchrashuvini britaniyalik Joshua Buatsiga qarshi o`tkazdi.

Afsuski, Elshod Rasuloga bu jangda omad kulib boqmadi. Jangning uchinchi raundida o`zbekistonlik bokschi raqibilan bir nechta kuchli zarbalar o`tkazib yubordi va nokautga uchradi.

Shunday qilib, Elshod Rasulov Olimpiada o`yinlaridagi ishtirokini nimchorak finalga tugatishga majbur bo`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!