Majit Karimov bosh vazir o`rinbosari etib tayinlandi

10:12, 12 avgust

TDTU rektori vazifasida ishlagan Majit Karimov bosh vazirning yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri.

Majit Karimov bosh vazirning o`rinbosari, Yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston Hukumat portalima`lumotlari guvohlik bermoqda.

Texnika fanlari doktori, professor Majit Karimov (1956 yil tug`ilgan) bunga qadar Toshkent davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Mazkur OTM sayti ma`lumotlariga ko`ra, u Toshkent politexnika institutining «Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari fakulteti"ni tamomlagan (1979 yil). Turli yillarda TDTU kompyuter texnologiyalar fakulteti dekani, oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori va rektori lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

Nashrning ma`lumot berishicha, Farhod Rizaev Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar mahkamasining yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari bo`yicha Axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Eslatib o`tamiz, may oyida bosh vazirning yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari bo`yicha o`rinbosari Bahodir Hodiev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!