Baxtli oilalardagi biz ko`rmaydigan 10 ta jihat

10:21, 12 avgust

“Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o`xshaydi”, — deb yozgandi Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanida. Yozuvchi haqmidi? Nahot barcha baxtli oilalarda qandaydir umumiy xislat bo`lsa? “Ayol.uz” nashri psixologlar fikriga tayanib, baxtiyor oilalarni birlashtiruvchi 10 ta odatni sanab o`tdi.

Ular bir-biri haqida qarindosh va do`stlariga shikoyat qilmaydi

Baxtiyor er-xotin o`z munosabatlariga uchinchi shaxslarni jalb qilish kerak emasligini biladi.Agar tushunmovchilik yuzaga kelsa, ular bir-biri bilan ochiqchasiga gaplashib oladi. Ayolning dugonalari va erkakning do`tlari betaraflikni saqlay olmaydi va munosabatlaringizga faqat putur etkazishi mumkin, xolos.

Ular bir-birini boshqalar bilan solishtirmaydi

Baxtiyor er-xotin bir-birini boricha, barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi va sevadi. Ular bir-birining kamchiliklari ustidan kulmaydi, qarashlar va fikrlardagi tafovutni qabul qiladi hamda bir-biriga o`sishda yordam beradi.

Ular o`zini qurbon qilib ko`rsatmaydi

Baxtli juftliklar bir-birini o`z muammolarida ayblamaydi, aksincha hodisa uchun javobgarlik ikkalasining ham bo`ynida ekanligini anglaydi.

Ular doim ham jiddiy emas

Baxtli oilalar xursandchilik qilishni, kulishni, hazillashishni, va shu tariqa o`z munosabatlarini yangilashni biladi. Hayot ularga qarshi chiqqanda ham ular muammo ustidan kulish imkoniyatini topadi.

Ular bir-birini tanqid qilmaydi va “egovlamaydi”

Baxtiyor juftliklar bir-birining yaxshi xislatlarini ko`rishga harakat qiladi, muammolar yuzaga kelganda esa nima sodir bo`layotganini anglashga urinadi. Agar juftingiz ko`nglingizga xush kelmaydigan narsani qilayotgan bo`lsa, unga bu haqda aytishning maqbul yo`lini toping. Tanqid va ko`z yoshi yordamida istagan narsangizga erisha olmaysiz — bunda kishi sizni tinglamay qo`yadi va sizning u haqdagi past fikringizni tasdiqlash uchun qasdma-qasdiga ish tutadi.

Ular fikrlarni o`qishga urinmaydi

Baxtli er-xotin bir-biriga o`z ehtiyojlari haqida qanday ma`lum qilishni biladi. Biz endi katta odamlarmiz va bizda yashirincha xafa bo`lish o`rniga, bizga kerak narsani so`rashning turli usullari bor. Agar sizga e`tibor etishmayotgan bo`lsa, bu haqda bildiring. Ochiqchasiga bildirish — barkamol va mustahkam aloqalarning asosi.

Ular faqat o`z rollariga “yopishib qolmagan”

Baxtli juftliklar gender rollari masalasiga juda qat`iy tarzda yondashmaydi. Ular o`zgaruvchan va ko`p vazifali bo`la oladi: bugun siz ovqat pishirasiz, ertaga — men, bugun bolaga men qarayman, ertaga — siz va hokazo.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!