Garri Potter haqidagi yangi kitob mashhurlikda “Romeo va Juletta”ni ortda qoldirdi

10:32, 12 avgust

Joan Roulingning “Garri Potter va lan`atlangan bola” nomli yangi kitobi Buyuk Britaniyada eng xaridorgir kitob bo`ldi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Bu roman mashhurligi bilan Uilyam Shekspirning “Romeo va Juletta” pesasini ortda qoldirdi.

Nashrning ma`lumot berishicha, sehrgar haqidagi sakkizinchi kitob 847,9 ming nusxada sotilgan. “Garri Potter va lan`atlangan bola” asari 8,76 million funt sterling foyda keltirgan. Bu borada Shekspir tragediyasi ikkinchi o`rinni egalladi. U 1998 yilda Penguin Classics nashriyoti tomonidan chop etilib, 127,7 nusxada sotilgan edi.

Xogvartslik sehrgar haqidagi “Garri Potter va lan`atlangan bola” nomli sakkizinchi kitob 31 iyul kuni dunyo yuzini ko`rdi. Asarda “Garri Potter va Ajal tuhfasi” kitobining mantiqiy davomi bo`lib, 19 yil keyingi voqealar aks ettirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!