20−21 avgust kunlari hashar bo`lib o`tadi

10:41, 12 avgust

Kelgusi dam olish kunlari O`zbekistonda umumxalq hashari o`tkaziladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz" nashri .

20−21 avgust kunlari O`zbekistonda har yili mustaqillik bayrami arafasida an`anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tadi.

Bu haqda 10 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi, deya xabar berdi nashrning hukumatdagi axborot manbasi.

Hashar mobaynida turar-joy mavzelari, ko`chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va boshqa hududlar obodonlashtirilib, tozalanadi. Ehtiyojmand kishilar va oilalarga ijtimoiy yordam ko`rsatish belgilangan.

An`anaga ko`ra, avgust obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e`lon qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!