Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

11:33, 12 avgust

Farhod Rizaev Toshkent davlat texnika universitetining yangi rektori etib tayinlandi. Bu haqda 11 avgust, payshanba kuni “UzReport” xabar bermoqda.

Farhod Rizaev bungacha O`zbekiston Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq TDTUning avvalgi rektori Majid Karimov O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari etib tayinlangani, hukumatning yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari sifatida faoliyat olib borishi haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!