“Real Madrid” tarixidagi eng buyuk 10 futbolchi

12:07, 12 avgust

Madridning "Real" jamoasida bir qator mashhur futbolchilar to`p surishgan. Ana shular orasidagi eng buyuk 10 ta futbolchi haqida to`xtalib o`tamiz

 

1. Santyago Bernabeu

Santyago Bernabeu Madrid klubi libosida 1911-1928 yillar davomida 79 ta rasmiy uchrashuvda 68 ta golga mualliflik qilgan. U "blankos" bilan chempionat va kubokdaa zafar quchgan. 50-60 yillarda Bernabeu prezidentlik qilgan "Real" butun Evropada hukmronlik o`rnatgan edi.

2. Alfredo Di Stefano

Argentinalik hujumchi 1953-1964 yillarda "Real" uchun 396 o`yin o`tkazib, 308 ta golga mualliflik qilgan holda, o`sha davrlarda klub tarixidagi eng sermahsul futbolchi sifatida rekord o`rnatgan. Di Stefano "Qirollik klubi" bilan 5 marta Chempionlar kubogida zafar quchgan va ana shu 5 ta finalda ham gol urgan holda, o`ziga xos rekord o`rnatgan.

3. Fransisko Xento

Xento butun faoliyatini Madridda o`tkazdi. 1953-1971 yillar mobaynida u 601 o`yinda 182 ta gol urdi. Fransisko Chempionlar kubogini 6 marta qo`lga kiritgan yagona futbolchi sifatida tarix sahifalaridan o`rin egallagan.

4. Ferens Pushkash

Vengriyalik afsona "Real"da 31 yoshidan 40 yoshigacha, ya`ni 1958-1967 yillardaa to`p surgan va 242 ta gol kiritgan. Buning uchun Pushkashga 262 ta uchrahsuvda maydonga tushish kifoya qilgan. Ferens Madrid jamoasi bilan 5 marta maamlakat chempionatida va uch boraa Chempionlar kubogida zafar quchgan. ChK finalida "poker"ga erishgan yagona futbolchi ham aynan Pushkashdir.

5. Ugo Sanches

"Real"ning yana bir to`purar afsonasi. meksikalik 1985-1992 yillarda madridliklar libosida 282 bellashuvda ishtirok etib, o`z hisobiga 202 gol yozdirib qo`ygan. Sanches 3 bora Pichichi sovrini qo`lga kiritgani bilan maqtana oladi.

6. Raul Gonsalez

"Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Raul 1992 – 2010 yillarda "real" uchun 741 o`yinda 323 gol urgan. Raul "galaktikos" safida 6 marta la ligada va 3 bora Chempionlar ligasida zafar quchdi. Shuningdek, u ikki marta Ispaniya chempionati to`purari bo`lgan.

7. Roberto Karlos

Futbol tarixidagi eng kuchli zaarbaga ega bo`lgan futbolchilardan biri hisoblanadigan Karlos 1996 – 2007 yillari "qirollik klubi" libosidaa 527 uchrashuvda 68 ta gol kiritgan. Uning har biri goli o`ziga xoss tarzda urilar edi. Karlos 3 bora Chempionlar ligasi g`olibi bo`lgan.

8. Iker Kasilyas

"Real"ning yana bir tarbiyalanuvchisi. Kasilyas 1999-2015 yillarda "galaktikos" libosida 725 uchrashuvda maydonga tushib, klub darvozasini qo`riqlagan. 16 yil davomida dunyoning eng kuchli klublaridan birida asosiy darvozabon bo`lish, haqiqiy qahramonlikdir. Iker ketma-ket 5 yil jahonning eng kuchli darvozaboni sifatida tan olingani ham bejiz emas albatta.

9. Zinedin Zidan

Zidan futbolchi sifatida "Real" tarkibida 5 mavsum to`p surdi va 2006 yili aynan Madridda o`z faoliyatiga "nuqta" qo`ydi. U "Qirollik klubi" tarkibida 227 o`yinda maydonga tushib, 49 ta golga muallif bo`ldi. Zinedinning 2002 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Baer" darvozasiga urgan hal qiluvchi goli, futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga aaylandi. Zidan ayni paytda "Real" jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

10. Krishtianu Ronaldu

2009 yili 94 million evroga sotib olingan Ronaldu dunyoning eng qimmat futbolchisi nomini to`la oqladi. U "Real" tarixidagi eng sermahsul futbolchi hisoblanadi. Krishtianu jamoa bilan 2 marta Chempionlar ligasida zafar quchdi, 3 martaa "Oltin butsa" va ikki bora "Oltin to`p"ga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!