AQShlik baliqchi kamyob ko`k qisqichbaqa tutdi

12:48, 12 avgust

AQShning Keyp-Kod yarim oroli qirg`oqlaridan baliqchi erkak ko`k qisqichbaqani tutdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Baliqchi uni mahalliy okeanariumga topshirishni rejalashtirgan. Qisqichbaqa bir kilogramm og`irlikka ega.

Baliqchi Ueyn Nikerson (Wayne Nickerson) 35 yildan beri qisqichbaqa tutish bilan shug`ullanadi. Uzoq yillardan beri u ilk marotaba bunday o`ljani qo`lga kiritgan.

ABC News ning ma`lumot berishicha, qisqichbaqa irsiy o`zgarishlar oqibatida ko`k rangga kirar ekan.

2016 yilning aprelida Yaponiya qirg`oqlaridan baliqchilar kamyob, ko`k rangli akulani ovlashgan edi. Besh metrlik bu yirtqichning og`irligi bir tonnaga yaqin bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!