Ramzan Qodirov Nargiz Zokirovani uyiga mehmonga taklif qildi

14:39, 12 avgust

Xonanda Nargiz Zokirova o`zining Facebook sahifasida Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning uyiga mehmonga borganda u bilan birga tushgan suratlarini joylashtirdi, deb xabar berdi “Rodrobno.uz” nashri.

O`zining ochiq-sochiq kiyinishi bilan mashhur bo`lgan Nargiz Zokirova bu safar egniga uzun ko`ylak kiyib, boshiga ro`mol o`ragan. Ramzan Qodirov uni nima sababdan mehmonga chaqirganiga xonanda izoh bermagan.

“Meni mehmonga chaqirganingizdan juda minnatdorman. Sizning xalqingiz madaniyati, an`analari bilan yaqindan tanishdim. O`zimni xuddi vatanimda yurganday his qildim”, deb yozgan Nargiz Zokirova.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!