Qarshi-Buxoro trassasidagi ko`prikning qulashi sabablariga oydinlik kiritildi

15:01, 12 avgust

Bundan biroz vaqt avval A-380 Qarshi-Buxoro trassasining 185-kilometrida joylashgan ko`prikning bir qismi qulagani haqidagi xabar berilgan edi. Xo`sh mazkur ko`prikning bir qismi qulashiga nima sabab bo`ldi va qanday chora-tadbirlar ko`rildi. Mana shunday savollarga Respublika yo`l jamg`armasi direktori o`rinbosari Shuhrat Davlatyarov “Uzbekistan Today” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi

1965 yilda qurilgan ko`prikni ekspluatasiya qilish muddati 30 yilga mo`ljallangan edi. U 10 tonnagacha og`irlikdagi yukni ko`tarishi belgilangan edi. Ko`prikning konstruksiyasi eskirgani sabab, bunday og`irlikdagi yukni ko`tara olmadi.

Bugungi kunda yo`llar jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda qurilmoqda va ularni ekspluatasiya qilish muddati 50 yil deb belgilanmoqda. 

Respublika bo`yicha 13 tonnagacha og`irlikdagi yukni ko`tarishga mo`ljallangan 341 kilometr yo`l yotqizildi. Bundan tashqari, Qo`qon, Bo`ka, Guliston, Kattaqo`rg`on, Toshkent va Buxoro shaharlarida 228 kilometr yangi yo`llar qurildi.

Qulab tushgan ko`prik esa O`zbekistondagi tashkilotlar tomonidan rekonstruksiya qilinadi. Ko`prik uchun temir-beton konstruksiyalar poytaxt kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi.ko`prikni rekonstruksiya qilish ishlari esa shu yilda boshlab yuboriladi. Bundan tashqari, yo`lning bir qismi ham ta`mirdan chiqariladi. Ko`prikni ta`mirlash ishlari o`zbekistonlik mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi. 

Hozirda ko`prik avariyaviy ahvolda hisoblanadi, yo`l faqat engil avtomobillar uchungina ochiq. Ko`prikda yuk avtomobillarining harakati esa cheklangan. Bunday turdagi transport vositalari aylanib o`tish 25 kilometrni tashkil etadigan Navoiy trassasidan harakatlanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!