Amerikalik rejissyor “Paxtakor-79” haqida hujjatli film ishlamoqda

15:34, 12 avgust

Amerikalik teleijodkorlar "Paxtakor" klubi va stadioniga tashrif buyurishdi. Bu haqda Toshkent klubining matbuot xizmati ma`lum qildi

Rejissyor Brayn Song va tasvirchi Dada Shikako "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurib, "Paxtakor-79" jamoasi va afsonaviy futbolchi Mixail An haqida hujjatli film yaratish uchun zarur tasvirlarni to`plashdi. Futbolchining o`g`li va bugungi kunda akademiyaning 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoasini boshqarayotgan Dmitriy An 1979 yil aviahalokatda vafot etgan murabbiy Idgay Tazetdinovning rafiqasi Alla Tazetdinova, "Paxtakor" sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan ota-bola Birodar va Azamat Abduraimov ham suratga olish jarayonida ishtirok etib, intervyu berishdi.

Mehmonlar stadion bilan tanishib, klub tarixi haqida ma`lumotlarga ega bo`lishdi. Intervyularning asosiy qismi 1979 yilgi halokatda vafot etgan jamoaga qaratildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!