Euronews O`zbekiston haqida 18 ta lavha namoyish etadi

15:39, 12 avgust

Euronews O`zbekistonning sayyohlik salohiyati to`g`risida yangi reklama roligi va lavhalarni namoyish etadi.

 “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi Euronews telekanali bilan hamkorlik davom ettirilishini ma`lum qildi. Avgustdan 2917 yil martiga qadar telekanalda O`zbekistonning sayyohlik salohiyati to`g`risidagi reklama roligi namoyish etiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Euronews «Postcards» va «Cult» ruknlari orqali Qoraqalpog`iston, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg`ona viloyatlari va respublikaning boshqa hududlaridagi madaniy-tarixiy yodgorliklar haqida 18 ta lavhani efirga uzatadi.

«O`zbekturizm» Euronews bilan 2013 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlikdan ko`zlangan maqsad milliy sayyohlik mahsulotlarini xorijda ilgari surish va O`zbekistonga sayyohlar oqimini ko`paytirishdan iborat.

Euronews telekanali 13 tilda efirga uzatiladi va 155 mamlakatda 370 milliondan ortiq tomoshabinlarni qamrab olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!