Feruza Sobitova: Erkaklarga “sterva” ayollar yoqadi

16:17, 12 avgust

Aktrisa Feruza Sobitovaning ijodiga nazar solsak, uning salbiy obrazlari ijobiy obrazlariga nisbatan ancha ko`pligiga amin bo`lamiz. 

Bugungi o`zbek kino olamining salbiy rollar qahramoniga aylangan Feruza Sobitova “Sabo” gazetasiga bergan intevyusida o`z obrazlari haqida gapirib o`tdi,deb yozadi "diydoraziz.uz". 

“Negadir erkaklarimiz meni o`sha ‘sterva’ obrazlarimni xotiralarida saqlab qolishadi. Menimcha erkaklarga shunday ayollar yoqadi. Yoqimtoy, jon kuydiruvchi, bechora ayollar erkaklarga yoqmasa kerak. Ularni o`sha ‘oborib olib keluvchi’ ayollar rom etar ekan… ‘Tipajim’ shunaqa bo`lgani uchun Hilol aka Nasimov ham salbiy obrazlarga ko`p chaqiradilar. ‘Aka, ijobiy obraz yo`qmi?”, desam “Keling, shuni siz o`ynang, sizdan boshqasiga ishonmayman!’ deydilar. Keyin rozi bo`lganimni o`zim ham bilmay qolaman”.

Shuningdek, aktrisa o`zini salbiy obrazga osonroq kirishini ham tan oldi:

“Ishoning, tabiatan quvnoq yoki hazilkash bo`lganim bilan salbiy rolga kirishishim oson ekan. Menimcha tashqi ko`rinishimning o`zi kameraga bitta qaraganimni o`zidayoq ‘gapirib qo`yadi’. Tan olaman, asosan muxlislarim ham salbiy rollarim o`zimga yarashganini aytishadi. Hatto Javohir Zokirov menga ‘U neyo otrisatelnaya obayaniya’, ya`ni ‘Uning sovuq jozibasi bor!’ deb ta`rif bergan”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!