Rio–2016. Abdulla Tangriev Olimpiadani ishonchli g`alaba bilan boshladi

19:12, 12 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari dzyudo bellashuvlarining eng og`ir vazn toifasida o`zbekistonlik Abdulla Tangriev o`z ishtirokini boshladi.

Dastlabki davrada O`zbekiston vakili samoalik Darek Suaga qarshi o`tkazib, bellashuvning 1:55 daqiqasida ippon bahosi bilan g`alaba qozondi va keyingi bosqichga yo`l oldi.

Avbdulla Tangrievning keyingi davradagi raqibi ruminiyalik Daniel Natea bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!