Rio–2016. Bektemir Meliqo`ziev chorak finalga chiqdi!

09:35, 13 avgust

O`zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo`ziev Rio Olimpiadasida o`zining ilk jangini o`tkazdi. 75 kilogrammgacha bo`lgan vaznda bahs olib borgan o`zbekistonlik sportchi ilk jangini avstraliyalik Daniel Lyuisga qarshi o`tkazdi.

Bektemir Meliqo`ziev har uchala raundda ham aniq harakat qilib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoddilrmadi.

Yakunda O`zbekiston vakili hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida g`olib chiqib, chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!