Rio–2016. Abdulla Tangriev bronza medali uchun kurashda mag`lubiyatga uchradi

09:57, 13 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining dzyudo bellashuvlarining eng og`ir vazn toifasida kurash olib borgan o`zbekistonlik Abdulla Tangriev bronza medali uchun bahsda mezbon sportchi Rafael Silaga qarshi jang o`tkazdi.

Afsuski tajribali Abdulla Tangriev bronza medali uchun kurashda Rafael Sila to`sig`idan o`ta olmadi. U atigi yuko bahosi bilan imkoniyatni boy berdi. Unda charchoqlik alomatlari sezilib qolid.

Shunga qarmay, o`zbekistonlik sportchi Vatanimiz sharafini munosib ravishda himoya qildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!