Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishini ma`lum qildi

10:07, 13 avgust

“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi o`z vatani – Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini qayta tiklashini ma`lum qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

– Argentina futbolida ko`plab muammolar paydo bo`lid va men ularni qo`paytirishni xohlamayman. Finaldagi mag`lubiyatdan so`ng ko`p narsalar haqida o`yladim va ketishni niyat qilgandim. Ammo mamlakatini juda yaxshi ko`raman. Meni qo`llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Nasib qilsa muxlislarga yorqin g`alabalar olib kelamiz, – dedi 29 yoshli futbolchi.

Argentina prezidenti Maurisio Makri Lionel Messining Argnetina termasiga qaytishiga ishonch bildirgandi

Eslatib o`tamiz, messi Chiliga qarshi (0:0, 4:2-penaltilar seriyasi) Amerika Kubogi–2016 finalidagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng mamlakat termasidagi faoliyatini yakunlashi haqida e`lon qilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!