Xaker AQSh Kongressidagi 193 nafar demokratning shaxsiy ma`lumotlarini oshkor qildi

11:34, 13 avgust

“Guccifer 2.0” nomi bilan mashhur bo`lgan xaker AQSh kongressidagi 193 nafar demokratning shaxsiy ma`lumotlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Nashrning ma`lumot berishicha, xaker kongressmenlarning telefon raqamlarini, elektron va uy manzillarini, shu bilan birga ba`zi bir onlayn-bazalarning parollarini va demokratlarning ichki hujjatlarini oshkor qilgan. 29 iyul kuni xakerlar Demokratik partiyaning bo`limlaridan birining saytini ham buzib kirgan edi. Xakerlar vakillar palatasiga nomzodi qo`yilgan demokratlar uchun pul yig`ayotgan Kongres saylovi qo`mitasi saytiga ham kirgan. 22 iyul kuni WikiLeaks sayti Demokratik partiya milliy qo`mitasining 20 mingga yaqin elektron xatlarini ommaga oshkor etgan. Ko`tarilgan janjal tufayli Demokratik partiya milliy qo`mitasining ijrochi direktori Emi Deysi va qo`mita raisi Debbi Vasserman-Shulslar iste`foga chiqqan.

AQSh maxsus xizmati pochta qutilarini xakerlik yo`li bilan buzib kirishda Rossiya davlatidan shubhalanmoqda. AQShning fikrini izohlash so`ralgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “haqoratli so`zlarni ishlatishni istamasligini” bildirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!