Rio–2016. Shahobiddin Zoirov Olimpiadani yorqin g`alaba bilan boshladi

19:36, 13 avgust

O`zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks musobaqasini yorqin g`alaba bilan boshladi.

-52 kilogramm vazn toifasida ringga ko`tarilgan O`zbekiston vakili ilk jangini irlandiyalik Brendan Irvinga qarshi o`tkazdi. Anchagina ishonchli jang qilgan Shahobiddin 3:0 hisobida g`alaba qozonib, chorak finalga yo`l oldi.

Keyingi bosqichda, ya`ni, nimchorak finalda o`zbekistonlik bokschi  Juliano Neto va Antonio Vargas o`rtasidagi jang g`olibi bilan kurashadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!