Rio–2016, boks. Shahram G`iyosov yarim finalga chiqib, kamida bronza medalini naqd qildi!

20:55, 13 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -69 kilogamm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Shahram G`iyosov chorak final bellashuvida kubalik Ronel Iglesiasga qarshi bahs olib bordi.

Anchagina murosasiz bahsda hamyurtimiz 3:0 hisobidagi ishonchili g`alabani qo`lga kiritdi.

Yarim finalda Shahram G`iyosov marokashlik Muhammad Rabi bilan kuch sinashadi. E`tiborilisi, u bronza medlanini naqd qilib bo`ldi. U endi oltin uchun kurash olib boradi. Unga omad tilab qolamiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!