Rio–2016. Rustam To`laganov O`zbekiston termasiga bronza medalini olib keldi!

21:14, 13 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -91 kilogammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Rustam To`laganov yarim final bellashuvida rossiyalik Evgeniy Tishchenkoga qarshi bahs olib bordi.

Afsuski, ushbu jangda rossiyalik sportchining qo`li baland keldi. Shunga qaramay, Rustam To`laganov O`zbekistonga bronza medali bilan qaytadigan bo`ldi.

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarida ishtirok etayotgan qolgan sportchilarga omad tilab qolamiz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!