Rio–2016. O`zbekistonlik Elmurat Tasmuradov chorak finalga chiqdi

19:20, 14 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining yunon-rum kurashi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, -59 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Elmurat Tasmuradov birinchi bellashuvini o`tkazdi.

Serbiyalik Kristian Fris bilan bellashgan Tasmuradov ishonchli harakat qilib, 7:2 hisobida g`alaba qozondi. Chorak finalda o`zbekistonlik sportchi KXDR a`zosi Vun Chol Yun bilan bellashadi.

Yana bir O`zbekiston vakili, -75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Dilshodbek Turdiev ilk bahsda Serbiya vakili Viktor Nemesga imkoniyatni boy berdi va Olimpiada bilan xayrlashdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!