“Manchester Yunayted” Mourino qo`li ostida APLni yorqin g`alaba bilan boshladi

21:18, 14 avgust

Angliya Premer-ligasi 1-turida “Bornmut” jamoasi o`z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi. Joze Mourino qo`li ostida “MYu” ilk o`yinni 3:1 zafar quchdi.

Mazkur o`yinning 40-daqiqasida Xuan Mata hisobni ochgan bo`lsa, 59-daqiqada Ueyn Runi hisobni 2:0 ko`rinishiga etkazdi.

64-daqiqada esa Zlatan Ibragimovich uzoqdan berilgan zarba bilan hisobni yirik ko`rinishga olib keldi – 0:3. Atigi 5 daqiqa o`tganidan so`ng Adam Smit hisobni qisqartirdi.

O`yinda boshqa gollar kiritilmadi va “MYu” yangi bosh murabbiy qo`li ostida yorqin g`alabaga erishdi.

“Bornmut” – “Manchester Yunayted” – 1:3

Gollar: Smit (69) — Mata (40), Runi (59), Ibragimovich (64).

Ogohlantirish: Errera (86). 

“Bornmut”: Borus, Smit, Frensis, Deniels, Kuk (Gradel, 82), Kuk, Serman, Ayb (Afobe, 68), Arter, King, Uilson (Grabban, 67).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Valensiya, Shou, Bayi, Blind, Mata (Mxitaryan, 75), Fellayni, Errera, Ibragimovich, Marsyal (Shnayderlin, 85), Runi (Depay, 89).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!