Rio–2016. Fazliddin G`oibnazarov Olimpida o`yinlarining chorak finaliga yo`l oldi

21:45, 14 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks musobaqasining -64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik bokschi Fazliddin G`oibnazarov nimchorak finalda hindistonlik Manoy Kumarga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan bahsda Fazliddin G`oibnazarov o`z mahoratini ringda namoyish etib, hakamlarning yakdil qarori bilan keyingi bosqichga yo`l oldi.

Bu hamyurtimiz uchun faoliyatidagi ikkinchi chorak finali bo`ladi. Unga bo`lajak janglarda zafarlar tilab qolamiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!