Londondagi “triller”da “Arsenal” jamoasi “Liverpul”dan engildi

22:29, 14 avgust

Angliya chempionati 1-tur markaziy o`yinida “Arsenal” jamoasi Londonda “Liverpul” futbolchilarini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`yinda mersisaydliklar 4:3 hisobida irodali g`alabani qo`lga kiritishdi. Dastlabki bo`limda ortda qolayotgan “Liverpul” yakunda g`alaba qozondi.

G`oliblar safida Filipe Koutino dulb qayd etgan bo`lsa, Adam Lallana va Sadio Mane bittadan gol kiritdi. “Arsenal” a`zolaridan Teo Uolkott, Oksleyd Chemberlen va Kalum Chembers o`z nomini tabloga yozdirdi.

“Arsenal” – “Liverpul” – 3:4

Gollar: Uolkott (31), Chemberlen (64), Chembers (75) – Koutino (45, 56), Lallana (49), Mane (63).

Ogohlantirishlar: Koklen (37), Ivobi (57), Jaka (86) – Lallana (26), Moreno (29), Lovren (41)

“Arsenal”: Chex, Xolding, Chembers, Belerin, Monreal, Ivobi (Chemberlen, 59), El-Nenni (Jaka, 67), Uolkott, Remzi (Kasorla, 61), Sanches, Koklen.

“Liverpul”: Minole, Lovren, Klavan, Moreno, Klayn, Koutino (Jan, 70), Veynaldum, Firmino, Xenderson, Mane, Lallana.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!