Rio–2016. 41 yoshli Oksana Chusovitina Olimpiada o`yinlaridagi ishtirokini munosib yakunladi

00:46, 15 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining tayanib sakrash bahslarida O`zbekiston  sharafini tajribali gimnastikachi Oksana Chusovitina himoya qildi.

Final bosqichida 8 ishtirokchi orasida 14,833 ball to`plagan Oksana 7-o`rinni egalladi va o`zining ettinchi Olimpiadasida munosib ishtirok etdi. 41 yoshli sportchi uchun bu yomon natija emas.

Birinchi o`rin AQSh vakilasi Simona Baylsga nasib etgan bo`lsa, keyingi o`rinni rossiyalik Mariya Paseka band etdi. Kuchli uchlikdan shveysariyalik Juliya Stayingruber joy oldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!