Rio–2016. Elmurat Tasmuradov O`zbekistonga bronza medalini olib keldi!

01:15, 15 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari yunon-rum kurashi musobaqalarida -59 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Elmurat Tasmuradov bronza medali uchun bahsda qirg`izistonlik Arsen Eralievga qarshi kurash olib bordi.

Hayajonli, murosasiz va o`ta keskin kechgan jangda Tasmuradov 13:6 hisobida zafar quchdi va O`zbekiston terma jamoasiga yana bir bronza medalini olib keldi.

Biroz avval O`zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni bokschi Hasanboy Do`stmatov olib kelgandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!