Ispaniya Superkubogi. “Barselona” qiyinchiliksiz “Sevilya”ni mag`lubtiyatga uchratdi

08:42, 15 avgust

Ispaniya Superkubogi uchun kechgan ilk bahsda “Barselona” safarda “Sevilya” mehmoni bo`ldi.

Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda kataloniyaliklar Luis Suares va Munir El-Xaddadi golllari evaziga javob o`yinidan oldin katta ustunlikka ega bo`lib oldi.

“Sevilya” – “Barselona” 0:2

Gollar: Suares, 54, Munir, 81

“Sevilya”: Riko, Merkado, Mariano, Rami, Eskudero (Sarabiya, 55), Vitolo, Nzonzi, Kranevitter (Ganso, 69), Kiyotake, Vaskes, Vetto (Ben-Yedder, 61).

“Barselona”:  Bravo, Maskerano, Pike, Mate (Din, 27), Inesta (Suares, 36), Serdji Roberto, Rakitich, Buskets, Turan (Munir, 77), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Merkado, Nzonzi, Vaskes – Buskets, Suares. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!