Rio–2016. O`zbekiston terma jamoasi medallar reytingida 39-o`ringa ko`tarildi

10:12, 15 avgust

Kecha, 15 avgust kuni bo`lib o`tgan bellashuvlardan so`ng O`zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin va yana bitta bronza medal qo`shildi, deb xabar beradi Sports.uz nashri.  

Medallarni boks bo`yicha -49 kg. vazn toifasida Hasanboy Do`smatov olib kelgan bo`lsa, Elmurat Tasmuradov bronza medali sohibiga aylandi.

To`qqinzinchi kundan so`ng kundan so`ng medal jamg`arish bo`yicha AQSh termasi hamon etakchilikni davom ettirmoqda. Amerikaliklar medallari sonini 69 taga etkazdi. 26 oltin, 21 kumush va 22 bronza medal. Shuningdek, kuchli uchlikka Buyuk Britaniya (15-16-7) va Xitoy (15-13-17) termalari yakun yasashgan.

Terma jamoamiz bir necha pog`ona yuqorilab, hozircha 39-pog`onada bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!