Parkentda telefon o`g`rilari qo`lga tushdi

10:49, 15 avgust

Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar bo`limiga Parkent shahrida yashovchi 59 yoshli fuqaro murojaat qilib, ikki noma`lum shaxs mast holatda uni qo`lidan "Nokia" rusumli mobil telefonini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu tumanda yashovchi ikki nafar yigitlar sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!