O`q otish bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi

11:32, 15 avgust

Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi  Uchtepa O`quv sport texnika klubi  tomonidan  shahar miqiyosida yagona hisoblangan Uchtepa tumanida joylashgan  238-maktabda  Ichki ishlar  idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar uchun tarbiya va sport oromgohida  sportning “O`q otish” turi bo`yicha  musobaqa tashkil etildi.  

Tadbir jarayonida oromgohda tarbiyalanuvchi bolalarga  kelajakda vaqtlarini unumli va  mazmunli o`tkazishlari maqsadida   “Vatanparvar” tashkilotida  sportning texnik va amaliy turlari uchun avtomodel,  karting, aviamodel, “O`q otish” yo`nalishidagi tashkil etilgan to`garakalarga  a`zo bo`lishlari targ`ib etildi. Amaliyotda esa ushbu sport turlariga taaluqli ko`rgazmali qurollar yoshlar uchun namoyish etildi va bu kabi  tadbirlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.  Musobaqa so`ngida chempionat g`oliblariga maxsus sovg`a va  faxriy yorliqlar taqdim etildi. Shuningdek, oromgoh xodimlari, Shahar “Kamolot” YoIX  rahbariyati  yurtimiz kelajagi bo`lgan yoshlarimiz uchun  mazmunli tadbir uyushtirgan Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkilotiga minnatdorchilik bildirishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!