Xitoylik sportchi yigit Olimpiya basseynining o`zidayoq sevgan qiziga turmushga chiqishni taklif qildi

11:45, 15 avgust

Ikki karra suvga sakrash bo`yicha olimpiada g`olibi, xitoylik sportchi Sin Kay musobaqalar o`tkazilayotgan Rio basseynlaridan birida sevgilisi bo`lmish sportchi qizga turmushga chiqishni taklif qilib, nikoh uzugini hadya etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Uch metrlik tramplindan suvga sakrash bo`yicha o`tkazilgan finaldan keyin xitoylik sportchi yigit Sin Kay sevgan qizi, xitoylik, suvga sakrash bilan shug`ullanuvchi Xe Szi ismli sportchi qizning qarshisida tiz cho`kib, unga nikoh uzugini uzatdi. Qiz uning taklifini qabul qildi. Sportchi qiz Xe Szi nafaqat nikoh uzugini, balki shu kuni kumush medalni ham qo`lga kiritdi. Oltin medal esa boshqa xitoylik sportchi qiz Shi Tinmaoga nasib etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!