Ronalduning “qilig`ini” qaytargan Shahram G`iyosov chet el nashrida e`tirof etildi (Foto)

11:53, 15 avgust

Rio–2016 Olimpiadasining boks musobaqalari -69 kg. vazn toifasida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahram G`iyosov chorak finalda kubalik Ronel Iglesiasni mag`lub etib, yarim finalga yo`l oldi.

G`alabadan so`ng o`zbekistonlik bokschi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu singari gol nishonlaydigan xatti-harakatini takrorlagan. Bu esa Goal.com singari mashhur nashrning e`tiboriga tushganini Sports.uz ma`lum qildi.  

Eslatib o`tamiz, Shahram G`iyosov kamida bronza medalini naqd qildi. U yarim finalda marokashlik bokschila qarshi final yo`llanmasi uchun bahs olib boradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!